So'nggi pallada JCHni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan yulduzlar

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 19:30
Terma jamoalar mundial oldidan bir qator yo'qotishlarga uchradi.

Quyida qaysi futbolchilar jarohat tufayli safdan chiqqani va ularning o'rnini kim egallagani haqida ma'lumotga ega bo'lasiz:

Marokash: “Betis” vingeri Abdi Ezzalzuli o'rniga “Anje”dan Amin Sbai, "Marsel" markaziy himoyachisi Naif Aguerd o'rniga "Al Fotih"dan Marvane Saadane

Braziliya: “Roma” himoyachisi Uesli Fransa o'rniga “Atalanta” yarim himoyachisi Ederson

Germaniya: “Bavariya” yarim himoyachisi Karl Lennart o'rniga “Leyptsig” xavbeki Assan Uedraogo

Avstriya: "Leyptsig" yarim himoyachisi Kristof Baumgartner o'rniga "Shalke"dan Deyan Lyubichich

Niderlandiya: “Arsenal” himoyachisi Yurrien Timber o'rniga “Sanderlend”dan Lutsxarel Gertryuyda

Argentina: "Marsel" himoyachisi Leonardo Balerdi, hali o'rnini kim to'ldirishi rasmiy ravishda e'lon qilinmadi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Post United