“Arsenal” so'nggi 24 yil ichida Evrokuboklar yarim finalida qatorasiga ikki marta o'ynaydi

19 apr 2019, 08:56
“Arsenal” ikki o'yin natijasiga ko'ra Yevropa Ligasi 1/4 finalida “Napoli”ni 3:0 hisobida taslim qilib, yarim finalga chiqdi.

“To'pchilar” shu tariqa qatorasiga ikkinchi yil yana Yevropa Ligasi yarim finaliga chiqdi. O'tgan yili klub yarim finalda “Atletiko Madrid”ga (1:1, 0:1) mag'lub bo'lib, finalga chiqa olmagandi. “Arsenal” so'nggi 24 yil ichida Evrokuboklar yarim finaliga qatorasiga 2-marta chiqdi. Jamoa so'nggi bor 1993/94 hamda 1994/95 yilgi mavsumlarda Kubok Egalari Kubogida finalga qadar yetib borgandi. O'shanda jamoa “Parma”ni 1:0 hisobida yutgan va “Saragosa”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com