"Arsenal" sobiq futbolchisi faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Alisher
10 iyun 2019, 14:12
"Tuluza" hujumchisi Yaya Sanogo Moskvaning SSKA jamoasiga o'tishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2020 yilda o'z yakuniga yetishi mumkin. 26 yoshli futbolchining agenti Jibril Mendefning so'zlariga ko'ra, "Tuluza" rahbariyati bilan muloqotning eng yaxshi yo'li futbolchi jamoa xohish-istaklarini tushunishidir, ammo unga shuningdek Angliya va Rossiya jamoalari qiziqmoqda, shu jumladan SSKA ham.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 23ta o'yinda maydonga tushib, atigi 3ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, u 2013 yildan 2017 yilgacha Londonning "Arsenal" jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato