Sanogo "Kistal Pelas"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2015, 08:12
"Arsenal" hujumchisi Yaya Sanogo "Kristal Pelas"da tibbiy ko'rikdan o'tdi va shu klubda mavsum oxirigacha to'p tepishi mumkin.

Sanogo Londonning janubidagi klub safida ijara asosida o'ynashi kutilmoqda.

Oldinroq "to'pchilar" bosh murabbiyi Arsen Venger Sanogo o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun boshqa jamoaga ketishi kerakligini takidlagan. 21 yoshli futbolchiga "Bordo" ko'proq qiziqish bildirgan, ammo Venger futbolchini Angliyada olib qolishni lozim topdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com