"Arsenal" Ruben Neveshni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015, 16:10
Londonning “Arsenal” klubi "Portu" yarim himoyachisi Ruben Neveshni o'z safiga qo'shib olmoqchi deb xabar berdi "O Jogo".

Xabarlarga qaraganda “kanonirlar” yarim himoyachini kuzatish uchun sobiq futbolchi Luish Boa Morteni skaut sifatida Portugaliyaga yuborgan.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi “ajdarlar” safida Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yosh sardor bo'ldi. Shuningdek futbolchiga Ispaniyaning “Real” klubi ham qiziqish bildiryapti.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: O Jogo