"Arsenal" "RB Leyptsig" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
5 mar 2021
"RB Leyptsig" himoyachisi Ibraima Konate Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

21 yoshli futbolchining xizmatlariga "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda.

Konatega shuningdek "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Chelsi" kabi ingliz klublari ham qiziqish bildirmoqda. O'yinchining narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Ibraima joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard