"Arsenal" Pepening transferini yaqin 48 soat ichida e'lon qiladi

Alisher
27 iyul 2019, 16:38
"Lill" forvardi Nikolya Pepe APL klubiga o'tishga yaqin.

Tomonlar futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishgan. "Kanonirlar" futbolchining transferi uchun 80 million evro to'lashi haqida oldinroq xabar qilingan edi.

Pepe klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Xabar berilishicha, transfer yaqin 48 soat ichida e'lon qilinadi.

Pepe yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida 38ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 14 assistga erishgan.

24 yoshli vinger "Lill"ga "Anje"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC