"Arsenal" O'zilga shartnoma taklif qilganicha yo'q

Mirjalol Normatov
28 apr 2020, 23:59
"Arsenal" futbolchisi Mesut O'zilning jamoadagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

31 yoshli germaniyalikka hali shartnoma taklif qilinmagan. Uning "Arsenal" bilan amaldagi kelishuvi 2021 yil yozida yakuniga etadi.

U yoshi tufayli Mikel Artetaning uzoq yillik rejalariga kirmayapti. Shu boisdan klub uni yozda sotib yubormoqchi. O'zil rahbariyatga yangi shartnomasida haftasiga 350 ming funt maosh olishni istayotgani borasida talab bilan chiqqan.

Ushbu mavsumda O'zil APLda 18 o'yinda qatnashdi va 1 gol hamda 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN