"Arsenal" o'yinchisini 100 million funtdan kamiga sotmaydi

Alisher
11 okt 2019, 13:10
"Arsenal" rahbariyati hujumchi Aleksandr Lyakazettning narxini belgiladi.

Xabarlarga ko'ra, "kanonirlar" 100 million funt evaziga forvard bilan xayrlashishga tayyorlar.

Lyakazett joriy mavsum APL doirasida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

28 yoshli futbolchi "Arsenal" safiga 2017 yilda "Lion"dan kelib qo'shilgan edi.

Futbolchi 2013 yildan buyon Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football London