
"Tvitter"da @Full_KitWanker akkaunti juda mashhur hisoblanadi va bu sahifa o'z sevimli klubi formasini to'liq kiygan insonlar suratlarini e'lon qiladi.
Futbolni sevuvchi erkaklar boshdan-oyoq o'zi yoqtiradigan jamoasining formasida bo'lishni istaydi, ammo bunday holat juda kam kuzatiladi.
Dushanba kuni "Full_KitWanker"da juda ajoyib surat e'lon qilindi. Bu rasm juda qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo'lib ketdi.
Suratda yangi turmush qurganlar aks etgan, ammo kuyov ananaviy libosda emas, o'zining sevimli klubi bo'lgan "Arsenal" formasida edi.

