

Bunga braziliyalikning "Brayton" bilan o'yinda olgan jarohati sabab bo'ldi. Martinelli to'pig'idan jarohat olgan.
Braziliyalik hujumchi joriy mavsum APLning 36 o'yinida 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, “kanonirlar” safida Aleksandr Zinchenko, Takexiro Tomiyasu, Uilyam Saliba va Muhammad El-Nenni jarohatlanganlar ro'yxatini to'ldirib turishibdi.
"Arsenal" amalda chempionlik uchun imkoniyatlarini yo'qotdi. "Manchester Siti"ga qarshi ikki turda to'rt ochkoni qaytarib olish deyarli imkonsiz, ayniqsa, Gvardiola jamoasida qo'shimcha bitta o'yin bor.



