"Arsenal" Martin Subimendini yozda 60 millionga sotib oladi

Omonjon To`xtamirzayev
14 yanv 2025, 17:48
"Arsenal" Martin Subimendini o'z safiga qo'shib oladi.

"Real Sosedad" yarim himoyachisi mavsum oxirida London klubi safiga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda "Daily Mail". 

"Kanonirlar" futbolchi shartnomasidagi 60 mln evro qilib belgilangan tovon puli haqidagi banddan foydalanishadi. 

Muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda. Manbalar bu transfyerda deyarli barchasi hal bo'lganini aytmoqda. 

Takidlanishicha, "Arsenal" Subimendini hoziroq tarkibiga qo'shib olishni istamoqda, lekin "Sosedad" xavbek mavsum oxirigacha ketmasligiga undagan. 

La Liga joriy mavsumida 25 yoshli ispaniyalik 18 bor maydonga tushdi va 1 tadan gol hamda assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail