"Arsenal" "Leyptsig" hujumchisini sotib olish rejasidan voz kechmagan

Sherzod Nurmatov
9 okt 2024
Angliyaning "Arsenal" klubi kelasi yozda yana Germaniyaning "Leyptsig" jamoasi hujumchisi Benyamin Sheshkoni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin, deya xabar tarqatdi "Caught Offside".

Qayd etilishicha, "kanonirlar" bu yozda o'z safiga qo'shilishga ko'ndira olmagan Sheshkoning transferi uchun yana nemis klubi bilan bog'lanishi mumkin.

Benyamin Sheshko ushbu mavsum "Leyptsig" safida 11 o'yinda maydonga tushib, 10 ta to'p kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside