"Arsenal" Kulibalini xarid qilishi mumkin

25 dek 2019, 21:44
Bu haqida "The Daily Star" nashri ma'lum qildi.

Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibaliga jiddiy e'tibor qaratmoqda. 28 yoshli senegallik futbolchi anchadan beri jamoasini o'zgartirish haqida o'ylaydi. "To'pchilar" ustozi Mikel Arteta esa aynan uning xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kulibali 2014 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Daily Star