Arsenal Ivobining maoshini ikki baravarga oshiradi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2016
Arsenal yarim himoyachi Aleks Ivobi bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Aprel oyida klub 20 yoshli nigeriyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishgandi. Ayni payda Ivobi haftasiga 25 ming funt maosh oladi.

Endi Arsenal u bilan kelishuvni yana uzaytirib maoshini ikki baravarga oshirmoqchi ekan.

Bu mavsumda Ivobi APLda 5ta o'yinda maydonga tushib 3ta golli pas oshirdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk