"Arsenal" Genduzi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 20:14
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi rahbariyatdan yangi taklif oldi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "kanonirlar" 20 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Yangi kelishuvga ko'ra, futbolchining maoshi ham oshadi.

"Arsenal" ustozi Unai Emeri ham uning jamoada qolishini istamoqda. O'tgan mavsumda fransiyalik futbolchi jamoaning 34 o'yinida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail