"Arsenal" futbolchi xarid qilishga yaqin

Alisher
17 iyun 2019, 16:16
"Sent-Eten" himoyachisi Vilyam Saliba "Arsenal"ga o'tishga yaqin.

London klubi fransiyalik o'yinchi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Endi "Arsenal" "Sent-Eten" bilan ham kelishuvga erishishi kerak. Inglizlar 18 yoshli futbolchini sotib olib, shu zahoti sobiq jamoasiga keyingi mavsum uchun ijaraga berib yuborishmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 19ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr