

Fransiyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda, u yozda "to'pchilar" safiga o'tishi mumkin.
27 yoshli Fekir joriy mavsum "Betis" safida barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Uning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



