"Arsenal" Dibalaning agentlari bilan bog'landi. "Inter" va "Atletiko" ham vaziyatni kuzatmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 mar 2022, 16:48
Paulo Dibala faoliyatini Angliya yoki Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Avvalroq "Yuventus" yangi shartnoma borasida argentinalik futbolchi bilan kelisha olmagani ma'lum qilingandi.

28 yoshli futbolchi xizmatlariga "Inter" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi La Gazzetta dello Sport.

Bundan tashqari ehtimoliy transfer borasida Dibalaning agentlari bilan Londonning "Arsenal" klubi ham bog'langan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia