"Arsenal" David Rayyaga qiziqmoqda. "Brentford" darvozabon uchun 40 mln funt talab qilmoqda

Administrator
30 iyul 2023, 19:40
Ushbu transfer darvozabon poziciyasi uchun raqobatni kuchaytirish maqsadida qilinishi mumkin.

"Arsenal" klubi "Brentford" darvozaboni David Rayyaga qiziqib qoldi. Hozirda klub darvozabonni sotib olish imkoniyatini o'rganmoqda. 

"Arsenal" Rayyani hozirda asosiy darvozabon bo'lgan Aaron Remsdeylga raqobat qilishi uchun olib kelmoqchi.

"Brentford" London klubidan hali rasmiy taklif olganicha yo'q. Klub darvozabon uchun 40 mln funt talab qilishni rejalashtirmoqda. Rayyaning xizmatlariga "Bavariya" ham qiziqish bildirayotganini ta'kidlab o'tish joiz.

Ma'lumot uchun, David Rayyaning "Brentford" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic