

"Arsenal" "Chelsi"ning Angliya chempionati 35-turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi g'alabasidan keyin kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatini yo'qotdi.
"Arsenal"da Yevropa Ligasi orqali Chempionlar Ligasiga chiqish imkoniyati bor edi, ammo London klubi yarim finalda "Vilyarreal"ga yutqazdi (1:2, 0:0).
"Arsenal" so'nggi bor Chempionlar Ligasida 2017/18 yilgi mavsumda o'ynagan. O'shanda jamoani Arsen Venger boshqarar edi.



