"Arsenal" "Barselona" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Alisher
24 iyun 2020, 12:42
"Arsenal" rahbariyati yozgi transferlar oynasida "Barselona"ning zaxira darvozaboni Netoni ijara olmoqchi.

Xabar qilinishicha, "kanonirlar" jarohati tufayli 6 oygacha bo'lgan muddatni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan Bernd Lenoning o'rniga "ko'k-anorranglilar" futbolchisini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

Neto joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 4ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 7ta to'p olib chiqdi.

Qayd etish kerakki, "Barselona" darvozabondan qutulishga qarshi emas va uni sotib yubormoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.