"Arsenal" 2022 yilda g'alabaga erishganicha yo'q

Mirjalol Normatov
21 yanv 2022, 13:13
"Arsenal" Angliya Liga Kubogining yarim final javob o'yinida "Liverpul"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mikel Arteta jamoasi barcha turnirlardagi g'alabasiz seriyasini 4 o'yinga etkazdi. Jamoa shularning 3tasida mag'lub bo'lgan. "Kanonirlar"ning so'nggi g'alabasi 26 dekabr kuni "Norvich"ga (5:0) qarshi o'yinda kuzatilgandi. Shundan keyingi 4 bahsning barchasi 2022 yili o'tkazildi va unda "Arsenal"ning g'alabasi kuzatilgani yo'q.

"Arsenal"ning navbatdagi o'yini 23 yanvar kuni APL doirasida "Bernli"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal