"Arsenal" 17 yoshli braziliyalik uchun 5 mln evro to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
2 mar 2019, 13:44
"Arsenal" klubi Braziliya 4-divizioni vakili "Ituano" klubining 17 yoshli hujumchisi Gabriel Martinelli uchun 5 mln evro taklif qilishga tayyor.

Bu haqda "Goal.com" xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, taklif qilinadigan pul kamlik qilishi mumkin. Braziliya klubi 10 mln evro talab qilishi mumkin.

Shuningdek, Martinelliga "Kruzeyro", "Flamengo", "Palmeyras" va "Santos" kabi Braziliya klublari, bundan tashqari Angliyaning "Uotford", "Lids" va "Midlsbro" jamoalari ham qiziqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com