Arsen Venger "Arsenal" chempionlik uchun kurasha oladi deb hisoblaydi
Tolibjon Qosimov
9 sen 2017, 19:36
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoasini chempionlik borasidagi imkoniyati haqida aytib o'tdi.
"Biz chempionlik unvoni uchun da'vogar jamoalar orasida bormiz. Mavsum yaxshi boshlanmadi, lekin hamma kurash oldinda. Oldingi mavsumdan yaxshiroq natija qilish uchun kuchimiz etarli", - deya Vengerning so'zlarini keltirdi "FourFourTwo".