Arne Slot: "Virtc "Liverpul" uchun hali ko'plab gollar uradi"

Mirjalol Normatov
28 dek 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APLning 18-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Xursandman, futbolda muhimi - natija. Ushbu mavsumda biz yaxshi o'yinlar ko'rsatib ham natijaga erisha olmadik. Yakuniy natija g'alaba bo'lsa, barchaga yoqadi.

Ayrim ijobiy jihatlarni ham qayd etib o'tish kerak. Ushbu haftada hali mashg'ulotlarda qatnashmagan Bredli va Gakponi maydonga tushirishga majbur bo'ldim. Baribir g'alabaga erishdik - bu ijobiy holat".

Virtcning birinchi goli haqida

"Ko'plab vaziyatlar yaratilayotganini jamoaning o'zi ham bilib turibdi. Biz golga yaqin kelayotgan holatlarimiz ko'p bo'lmoqda. Virtc haqida futbol olami nimalar deyishayotganini barcha biladi. U hali biz uchun ko'plab gollar uradi. Florian bugun gol urishdan-da ko'proq ishlar qildi".

Jotaning farzandlari maydonga tushgani haqida

"Qiyin holatlar ko'p bo'ldi. Har bir o'yinda jamoamiz muxlislari uning xotirasiga, oilasiga hurmat bajo keltirishdi. Bugun ham shuni ko'rdik. Bu biz, uning oilasi, rafiqasi va farzandlari uchun ham muhim kun bo'ldi", - dedi Slot.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC