Arixiro Sentoku: "OKMK bilan mavsum yakunida tarix yaratamiz"

Iskandarov Abdulaziz
22 noya 2024
OKMKning yaponiyalik legioneri Arixiro Sentoku "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U jamoasining o'yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi.

"Mavsumdagi eng muhim o'yinimizni o'tkazdik. Oxirgi 4 ta o'yinda g'alaba qozona olmagandik. Bu o'yinda yutuqni qo'lga kiritishni juda istadik. Xarakterimizni ko'rsatib, 3 ochko olganimizdan xursandman. O'yinga esa odatdagidek tayyorgarlik ko'rdik. O'ziga yarasha hisob-kitobimiz bor edi. 

Albatta boshqa davlatda, yangi jamoada buyuk klub bilan birga ekanligimdan xursandman. Umid qilamanki, mavsum yakunida jamoa bilan tarix yaratamiz va ikkinchi o'rinni egallaymiz",- deydi Arixiro Sentoku.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia