Argentina futbol assotsiatsiyasi jarimaga tortildi

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2018, 12:41
Argentina futbol assotsiatsiyasi argentinalik muxlislar Xorvatiyaga qarshi bahsdan (0:3) so'ng, raqib ishqibozini kaltaklagani, haqoratli qo'shiqlar kuylagani va maydonga buyumlar otgani uchun jarimaga tortildi.

Oldinroq, YouTube tarmog'ida Argentina terma jamoasining bir guruh muxlislari tribuna osti yo'lakchasida xorvatiyalik ishqibozni kaltaklayotgani aks etgan video e'lon qilingan edi.

Shunday qilib, Argentina futbol assotsiatsiyasi 80 ming funt (90 ming evro) miqdorida jarima to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports