Arauxo: "Oldin Levandovski "Barselona"ga qanchalik zararli bo'lgan bo'lsa, hozir shunchalik darajada foydali"

Mirjalol Normatov
13 sen 2022, 00:55
"Barselona" futbolchisi Ronald Arauxo YCHL doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu juda qiyin turnir. Undagi raqiblar esa doimo qiyin bo'lgan va "Bavariya" shundaylardan biri. Biz o'tgan davr mobaynida yaxshi mehnat qildik. Endi esa yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Raqib darvozasiga yodda qolarli gollar ura olamiz, deb hisoblayman.

Levandovskini barchamiz yaxshi bilamiz, u yaxshi sifatlarga ega. Oldinlari u "Barselona"ga qanchalik zararli bo'lgan bo'lsa, hozir shunchalik darajada foydali", - dedi Arauxo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo