AQSH - O'zbekiston uchrashuvidan keyingi qiziq faktlar

Narzulla Saydullayev
11 sen 2023, 21:15
Kuni kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.


- O'zbekiston Katanets boshchiligidagi 21-o'yinni o'tkazdi va 6-marta mag'lub bo'ldi.

- Bu Katanets qo'l ostidagi eng yirik mag'lubiyatlardan biri bo'ldi (Iordaniyaga ham 0:3 hisobida yutqazganmiz)

- O'zbekiston KONKAKAF mintaqasining uchinchi terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va uchinchi bor mag'lub bo'ldi (Kanada 1:2, Kosta-Rika 1:2)

- Eldor Shomurodov terma jamoadagi o'yinlar soni bo'yicha Mirjalol Qosimovga yetib oldi - 67

- Jaloliddin Masharipov terma jamoadagi o'zining 49-uchrashuvini o'tkazdi. Meksika bilan bahs yubiley o'yin bo'lishi mumkin

- AQSH bilan bahsda yubiley uchrashuvini o'tkazganlar: Odil Hamrobekov - 40, Azizbek Turg'unboev - 20.

- O'tkir Yusupov terma jamoada o'zining 16-uchrashuvini o'tkazdi (Oleg Belyakovga yetib oldi) va maydonga tushgan darvozabonlar orasida 7-o'ringa chiqib oldi. 6-o'rinda 17 ta o'yin o'tkazgan Aleksey Polyakov bormoqda.

- Yusupov terma jamoa safida ilk bor bitta o'yinda 3ta gol o'tkazdi. Bundan oldingi 15ta o'yinda posbon jami 8ta gol o'tkazgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia