APLning umumiy jadvali. 1992 yildan buyon qaysi jamoa 1-o'rinda?

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 16:12
"Sky Sports" ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yubiley ostonasida.

Angliyaning yuqori divizioni APL deb nomlanganidan keyin barcha mavsumlardagi jadvallar umumlashtirilsa, "Manchester Yunayted" birinchi o'rinda bo'ladi. Hisob-kitobga ko'ra, MYU 1992 yildan keyin 2099 ochko jamg'argan. Agarda MYU bugun ochko qo'lga kiritadigan bo'lsa, 1000-uchrashuvda 2100 yoki undan oshiq ochko qo'lga kiritishi mumkin.

"Manchester Yunayted" - APLning 13 karra chempioni hisoblanadi.

Bugun APLning so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Ayni damda kuchli oltilik mana shunday holatda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SkySports