

21 yoshli futbolchiga anchadan buyon "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda, ammo "qizil iblislar"ning raqobatchilari bor. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, xavbekni "Liverpul" va "Tottenxem" ham o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. Ehtimoliy xaridorlar uchun narx-navo muammo bo'lib qolmoqda: "chaykalar" istiqbolli kamerunlikni sotishdan kamida 100 million funt sterling (115 million evro) ishlab olishni xohlashadi.
Karlos Baleba Premer-liganing joriy mavsumida "Brayton"ning beshta o'yinida qatnashdi.



