APLning 2019/20 yilgi mavsumida qaysi futbolchiga nisbatan eng ko'p qoida buzilgani ma'lum bo'ldi

27 iyul 2020, 08:46
Bu “Aston Villa” yarim himoyachisi.

“Aston Villa”ning 24 yoshli yarim himoyachisi Jek Grilishga nisbatan APLning 2019/20 yilgi mavsumida raqiblar 167 bor qoida buzishga majbur bo'lgan. Bu ligadagi rekord natija hisoblanadi.

Grilish ortda qolgan mavsum APLda 36 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning xizmatlariga “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”dan qiziqish bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka