APLda mavsum yakuniga qadar o'yinlarda jamoalar 5tadan o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 apr 2020, 19:57
Angliya futboli rahbarlari mavsum qayta boshlansa, yuqori sport formasida bo'lmaydigan futbolchilarga jismoniy yuklama tushib qolmasligini istamoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, ayni damda ular mavsum yakuniga qadar jamoalarga har bir o'yinda 5 nafardan futbolchilarini o'zgartirish imkoniyatini taqdim qilish ko'rib chiqilmoqda. Muxlislarsiz o'tadigan bahslarda rahbarlar futbolchilarning jarohatidan qochib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, APLda mart oyidan buyon o'yinlar bo'lmayapti. Ma'lumotlarga ko'ra, may yoki iyun oyida mavsum davom ettirilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun