APLda koronavirusga chalingan 12 futbolchi aniqlandi

Mirjalol Normatov
23 avg 2020, 17:36
Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi ko'p o'tmay start oladi.

Shu sababli liga rahbariyati 14 jamoadan koronavirus testini oldi. 12 futbolchida koronavirus aniqlandi.

Gap shundaki, klublar futbolchilarga dam berganida kurort joylarga bormaslikni tavsiya qilgandi. Biroq bunga ko'pchilik amal qilmagan. Shu sababli navbatdagi o'tkaziladigan testlarda ham musbat natijalar ko'p bo'lishi kutilmoqda.

Ingliz matbuoti futbolchilarning Ibicada dam olayotgan rasmlarini ham keltirib o'tgan. Ushbu futbolchilarda ham virus aniqlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal