APL. “Tottenxem” safarda yana ochko yo'qotdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2020, 19:30
Angliya chempionati 23 turidan o'rin olgan ilk bellashuv “Uortford” – “Tottenxem” o'rtasida o'tkazildi va uchrashuv nursiz durang natija bilan yakunlandi.

Bahsning 70 daqiqasida mezbonlar forvardi Troy Dini penaltini aniq amlaga oshira olmagan. Jozu Mourinyu shogirdlari esa qatorasiga uchinchi o'yinda mehmonda zafar qucha bilmadi.

Uotford – Tottenxem 0:0 (0:0, 0:0)

Vikaredj Roud

Uotford – Foster, Mariappa, Ketkart, Douson, Mazina, Dukure, Kapu, Chaloba (Pereyra, 79), Sarr (Pussetto, 89), Dini, Deulofeu.

Tottenxem – Gassaniga, Ore, Tanganga, Alderveyreld, Vertongen, Alli (Eriksen, 73), Lo Chelso (Jedson Fernandesh, 80), Lukas Moura, Lamela, Son Xyon Min, Uinks.

Ogohlantirishlar: Tanganga (19), Kapu (35), Uinks (60), Dukure (60), Vertongen (69).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia