APL. Pulishich so'nggi daqiqalarda gol urib, "Chelsi"ga zafar keltirdi, "Byornli"da muhim g'alaba, "Sautgempton"da esa jangovar durang

Sherzod Nurmatov
24 apr 2022, 19:59
Angliya chempionati 34-turidan o'rin olgan 3 ta bahs tugadi.

"Byornli" o'z uyida "Vulverxempton"ni mag'lub qilib, "xavfli hudud"dan biroz yiroqlashdi (17-o'rin). 

"Chelsi" "Stemford Brij"da sal qolsa g'alaba qozona olmasdi, chunki Jorjino 87-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmagandi. Ammo "aristokratlar"ning amerikalik a'zosi Kristian Pulishich so'nggi daqiqa o'tib borayotganda katta sahnaga chiqdi va "Chelsi"ga chiroyli g'alaba olib keldi.

Uchinchi o'yinda "Sautgempton" Uord-Prouzning dubli evaziga irodali durang qayd etdi. 

Angliya chempionati 

34-tur

Byornli – Vulverxempton 1:0 

Terf Mur

Gol: 1:0 – 62 Vidra.

Byornli – Poup, Roberts, Tarkovski, Kollinz, Teylor, Kork, Braunxill, Maknil (Long, 85), Vidra (Lennon, 71), Vegorst, Rodriges (Barns, 64).

Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Boli, Koudi, Saiss (Trinkau, 79), Kastro, Dendonker, Moutinyu, Xvan Xi Chxan, Ximenes, Fabiu Silva (Netu, 67).

Ogohlantirishlar: Vidra (33), Teylor (77), Barns (90), Netu (90).

Chelsi – Vest Xem 1:0

Stemford Brij

Gol: 1:0 – 90 Pulishich.

Gol urilmagan penalti: Jorjino 87' (darvozabon)

Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Chaloba, Alonso, Loftus-Chik (Ziesh, 76), Jorjino, Kante, Maunt, Xavertc (Lukaku, 76), Verner (Pulishich, 76).

Vest Xem – Fabianski, Coufal, Douson, Kressuell, Djonson, Masuaku, Yarmolenko (Bouen, 73), Nobl (Rays, 62), Souchek, Fornals, Benraxma (Lansini, 78).

Ogohlantirish: Alonso (82).

Chetlatish: Douson (86).

Brayton – Sautgempton 2:2

Falmer

Gollar: 1:0 – 2 Uelbek, 2:0 – 44, avtogol Salisu, 2:1 – 45 Uord-Prouz, 2:2 – 54 Uord-Prouz.

Brayton – Sanches, Veltman, Dank, Uebster (Gross, 62), Kukurelya, Mak Allister, Mvepu (March, 61), Kaysedo, Uelbek, Trossard, Mope (Sarmiento, 85).

Sautgempton – Forster, Livramento (Perro, 37), Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Redmond, Tella (Armstrong, 66), Romeu, Uord-Prouz, Long (Broya, 79), Adams.

Ogohlantirish: Kukurelya (45).

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia