APL o'yinida birinchi marta ayol kishi to'rtinchi hakam etib tayinlandi

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2023, 10:54
Rebekka Uelch Angliya Premer-Ligasi o'yinida to'rtinchi hakam sifatida tayinlangan birinchi ayol hakamga aylandi.

Rebekka APL 11-turi doirasidagi "Fulxem" - "Manchester Yunayted" o'yinida ishlashi ko'zda tutilgan.

2021 yil Uelch mamlakatning Ikkinchi ligasining "Port Veyl" - "Xarrogeyt" uchrashuviga tayinlangandi, 2021/22-yilgi mavsumda esa u Angliya Kubogida ishlagan birinchi ayol hakam bo'ldi. U musobaqaning 3-bosqichida "Birmingem Siti" - "Plimut" o'yinini boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: premierleague.com