APL. Obameyang 1-bor xet-trikka erishdi

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Lids Yunayted"ga (4:2) qarshi o'yinda 3 ta gol urdi.

U o'yinning 13, 41 va 47-daqiqalarida raqib darvozabonini ranjitdi. Gabonlik forvard 2-golini penaltidan urdi.

Bu Obameyang uchun Angliya chempionatidagi birinchi xet-trik hisoblanadi. U tumanli albionda 2018 yildan beri o'ynab kelmoqda.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchi joriy mavsum 8 ta gol urdi.


Manba: Opta Sports