APL. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum bo'ldi

4 dek 2020, 19:58
Angliya chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi mukofotiga da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan himoyachilar Ben Chiluell ("Chelsi", 3 o'yinda 1 gol) va Anjelo Ogbonna ("Vest Xem", 3 o'yinda 1 gol), yarim himoyachilar Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 4 o'yindda 4 gol, 1 assist), Per-Emil Xeyberg ("Tottenxem"), Jeyms Uord-Prouz ("Sautgempton", 4 o'yinda 3 gol, 2 assist) va Jek Grilish ("Aston Villa", 4 o'yinda 2 gol, 2 assist) o'rin egallagan.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida ushbu mukofot "Tottenxem" ustozi Son Xyon Minga nasib qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: premierleague.com