APL klubi 18 mln. funt evaziga "Atletiko" futbolchisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2019, 16:24
"Vulverxempton" klubi "Atletiko" himoyachisi Xonni Kastroni sotib oldi.

Transfer 18 mln. funt evaziga amalga oshdi. Ispaniyalik himoyachining "bo'rilar" bilan kelishuvi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Kastro 2018 yilning yozidan beri ijara asosida "Vulverxempton" sharafini himoya qilayotgan edi. U joriy mavsum APLning 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: wolves.co.uk/