APL hakamlar korpusi sobiq rahbari: "Mourinyo liga obro'sini to'kyapti"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2015, 14:16
Angliya Premer-ligasi hakamlar korpusi sobiq rahbari Kit Xekkett "Chelsi" ustozi Joze Mourinyoning "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvdagi (1:2) o'zini tutishiga izoh berdi.

"Afsuski Joze Mourinyoning o'zini tutishi tufayli Angliya chempionati jabr ko'rmoqda. U liga obro'sini to'kyapti. Portugaliyalik o'zini baxtsiz, xafa bo'lgan sifatida ko'rsatmoqchi, hakamlarni esa aybdor qilish niyatida.

Mourinyo ishtirokida tartib ishlari o'tkazilishi kerak. U o'yin paytida texnik zonani tark etib bir necha marotaba qoidani buzdi. Referi esa murabbiyni kuzatmasdan uchrashuvni boshqarishi kerak" - deydi Xekkett.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: You Are The Ref