

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "Lids" bosh murabbiyi Xavi Grasiyani iste'foga chiqarish haqida o'ylamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis fevral oyida Jessi Marsh o'rniga jamoani qabul qilib oldi. O'shanda "Lids" APL turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turgan bo'lsa, hozir "oq-sariqlar" 16-pog'onada, quyi ligaga tushib ketish bir ochko oldinda.
Jamoa rahbariyati Xavi Grasiya boshchiligida jamoa olg'a siljiganiga ishonmayapti.



