APL. “Arsenal” London derbisida g'alaba qozondi

10 dek 2019, 07:23
APLning 16-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Vest Xem” jamoasi o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qilib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Avvaliga Ogbonna mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 9 daqiqasi ichida “to'pchilar” uchta gol urib, Freddi Yungberg qo'l ostidagi ilk g'alabasini tantana qildi.

Musobaqa jadvali bilan tanishing!

“Vest Xem” – “Arsenal” 1:3

Gollar: 1:0 – 38 Ogbonna, 1:1 – 60 Martinelli, 1:2 – 66 Pepe, 1:3 – 69 Obameyang.

Vest Xem – Martin, Frederiks, Balbuena, Ogbonna, Kressuell (Masuaku, 51), Snodgrass (Xolland, 78), Nobl, Rays, Fornals, Felipe Anderson (Aller, 70), Antonio.

Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Chembers, Papastatopulos, Tirni (Kolashinac, 29), Djaka (Genduzi, 86), Torreyra, Pepe (Nelson, 88), Ozil, Martinelli, Obameyang.

Ogohlantirishlar: Snodgrass (24), Kressuell (49).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia