Anvar G'ofurov: "O'tgan yili ham meni "Buxoro"ga o'tkazib qo'yishgandi"

Narzulla Saydullayev
29 dek 2015, 13:00
"Bunyodkor" klubining himoyachisi Anvar G'ofurov o'zining "Buxoro"ga o'tayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"Meni yana "Buxoro"ga o'tkazishyaptimi? O'tgan yili ham shunday bo'lgandi. Hayronman, bunday xabarlarni kim tarqatyapti ekan? Hozircha "Bunyodkor"dan ketganim yo'q. Jarohatimni davolayotganim uchun mashg'ulotlarda qatnashmadim. Meni klubdan ketdi degan gaplarga ishonmang. Agar qandaydir o'zgarish bo'lsa, bu haqida albatta o'zim xabar beraman", - deydi Anvar G'ofurov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia