Anvar Berdiev: "Futbolchilarning ruhiy "chuqurlik"dan chiqib ketishi qiyin bo'lmoqda"

Aslanov Jasurbek
16 may 2021, 10:29
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.




"Avvalo barchani o'tgan hayit bayrami bilan tabriklayman. "Xorazm" bilan bahs qiyin kechdi. Ko'ryapsiz, joriy yilda Pro ligada kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Shu bois har bir o'yinga alohida tayyorgarlik bilan tushyapmiz. "Xorazm" jamoasi iliq taassurot qoldirdi. Futbolchilarimizda bosim borligi bilinyapti. Ruhiy "chuqurlik"dan chiqib ketishlari qiyin kechmoqda. O'z maydonimizdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritdik",- dedi Anvar Berdiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia