Qiyin kechgan uchrashuvda Saman va Luchano tomonidan kiritilgan gollar evaziga “Qizil qashqirlar” g'alabani tantana qilishdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida har ikki jamoa murabbiylari o'yin haqidagi fikrlarini jurnalistlar bilan o'rtoqlashdilar. Biz ham OCHLdagi ilk raqibimiz bosh murabbiyining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Antonio Oliviera:
- Bugun biz kuchsiz jamoani mag'lub etdik deya olmayman, boisi bugungi raqib bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bugungi g'alaba uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, ular bugun ko'rsatmalarimni a'lo darajada bajarishdi. Endi bu yog'iga bor e'tiborimizni OCHL guruh bosqichidagi ilk uchrashuvga qaratamiz. O'zbekistonga yaxshi kayfiyatda boramiz va g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz.
Matbuot anjumanining davomida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” va “Traktorsoziy” jamoalari o'rtasidagi 1-tur doirasidagi uchrashuv 25-fevral kuni soat 18:00 da “Markaziy” stadionda bo'lib o'tadi.
Biz ham raqib jamoaga omad tilaymiz ammo chorshanba kuniga emas. Sevimli jamoamiz shu kuni g'alaba qozonib, barchamizni quvontirishiga ishonamiz.
Olg'a AJDARLAR!!!