Antonio Konte: Astori fantastik yigit edi

5 mar 2018, 00:10
“Chelsi” ustozi bugun vafot etgan “Fiorentina” sardori Davide Astori haqidagi xotiralari bilan bo'lishdi.

“Men u bilan milliy terma jamoada birga ishlaganman. Hozir bu fojia haqida gapirish juda og'ir. U yaxshi futbolchi va fantastik yigit edi. Uning oilasiga hamdardlik bildirishni xohlardim. Astori endigina 31 yoshda edi. Uning vafotini ayoliga, ota-onasiga va qizlariga tushuntirish juda mushkul va og'ir”, - deb Kontening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports