Anri Zidan bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi

Omonjon To`xtamirzayev
26 dek 2017, 10:10
Xabaringiz bor, kuni-kecha madridning "Real" klubi o'z maydonida "Barselona"ni qabul qildi va yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Ispaniya futboliga befarq bo'lmagan muxlislar yaxshi bilishadi, "qirollik klubi"da qolgan barcha o'yinlar bitta mavzu, "Barselona"ga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar alohida bir mavzu. 

Aynan shuning uchun ham, "El-klasiko"dagi yirik mag'lubiyatdan so'ng, OAVda "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan iste'foga chiqarilishi haqidagi gaplar tarqala boshladi. 

Zizuning hamyurti, Fransiya termasi sobiq hujumchisi, "Arsenal" klubi afsonalaridan biri Terri Anri vaziyatga fikr bildirdi. 

- To'g'ri, bu ikki klub uchun "El-klasiko" o'ta muhim hisoblanadi. Ammo Zidan "Real" uchun qilgan ishlar va qisqa vaqt ichida u bilan erishgan yutuqlardan so'ng, uning ishdan olinishi haqidagi gaplarni eshitish kulgili, dedi Terri Anri.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: сhampionat.asia