Anri: "Chicharito golni xuddi jahon chempionati g'olibi bo'lgandek nishonladi"

Aslanov Jasurbek
23 apr 2015, 11:10
Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri "Real" va "Atletiko" o'yini (1:0) haqda o'z fikrini bildirdi.

"Chicharito bu o'yinda bir necha ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo gol uchun u Ronaldudan minnatdor bo'lishi lozim. Chicharito golni nishonlash uchun bir o'zi qochib ketdi, lekin u bu golni yaratib bergan insonga rahmat aytishi kerak edi. U golni xuddi jahon chempionati g'olibi bo'lgandek nishonlagani menga yoqmadi. Ortga qaytib, Ronalduga minnatdorchilik bildirish kerak edi" - deydi Anri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com